28.08.2022

Diabetga chalingan bolalar qanday muolaja qilinadi?

Shahnoza Azimova,
bolalar endokrinologi,
tibbiyot fanlari nomzodi:

— Hozir zamonaviy tibbiyotda qandli diabetning 1-turi maolajasida insulin pompa terapiyasi yaxshi samara bermoqda.

Bu davo turi yuqori texnologik jarayon asosida organizmga insulin garmonining bir me'yorda berib turilishi va qand ko‘rsatgichlari nazoratda bo‘linishini ta'minlaydi.

Diabetning 1-turidan butunlay tuzalish imkonsiz bo‘lsa-da, lekin ba'zi hollarda bez faoliyatini me'yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi.

news

Doimiy ravishda sun'iy insulin qabul qilish talab etiladi. Bu modda oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat ineksiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi.

Qat'iy parhezga amal qilib, ovqat rasionidan yengil hazm bo‘luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar va mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash kerak.

  • Diabetning bir hamda ikkinchi turi chidamli shakllarini butunlay davolashning imkoni yo‘q.

Lekin doimiy nazorat ostida bo‘lgan va shifokor tavsiyalariga amal qilgan holda kasallik asoratlarining oldini olish yoki butunlay cheklash mumkin.

Kasallik uzoq davom etganda, barcha a'zolarda o‘ziga xos o‘zgarishlar yuzaga keladi: yurak va qon tomirlari, ko‘z, buyrak, nerv tizimidagi o‘zgarishlar, infeksion asoratlar, jarohatlarning qiyin bitishi shular sirasidandir.

Bu asoratlarga qarshi o‘zboshimchalik bilan davo choralari izlamasdan, albatta, shifokor tavsiyalariga amal qilish shart.